Среда, 18.06.2025, 04:33
Приветствую Вас Гость | RSS

Мой сайт

Меню сайта

Тахир Садыков

Время жизни сайта

Категория раздела

Yangiliklar / Новости [36]
Intervyu [2]
Tohir Sodiqovdan eski va yangi intervyular

Проигрователь

Лидер форума

namoz_xon Посты 819
Нилюфар_М Посты 475
josephy Посты 408
-=Shuhrat=- Посты 237
-=Angel_girl=- Посты 229
Eler Посты 185
Abror_john Посты 185
Zohid Посты 138
bahaybat Посты 112
shahida Посты 101

День рождения

Посдедные участники

Midedo
Haq19777
Soymn
Haq1077
ElenaLer
ripptwenSl

Мини-Чат

500

Наш банер

Форма входа

История "Болалар"

..... Tohir va Bahodir maktabda turli tadbirlarda qo'shiq aytib yurishardi. O'shanda Laskoviy May guruhi rosa avjga chiqqan mahal edi. Bu ikki do'st ham Laskoviy May qo'shiqlariga havas qilishib o'sha yo'nalishda kuylashardi, chunki bu stil aynan ularni yoshiga mos kelardi Kunlarning birida ularni sinfiga Javohir degan bola boshqa maktabdan o'qigani keldi va ikki do'stni Ruslan Sharipovni yoniga olib bordi. Bu bola hozirgi kundagi shou-men Javohir Zokirov edi. Ruslan bularni san'atga bo'lgan qiziqishini va o'zidagi istedodni ko'rgach bir guruh tuzishga qaror qildi. Endi ular uch kishi edilar: Tohir Sodiqov, Bahodir Po'latov, Javohir Zokirov. Shunda guruhni nomlainishi hammani o'ylantirib qo'ydi. Shu payt Ruslan Sharipov - "hammalaring hali bola ekansizlar kelinglar gruppani nomini "Болалар" deb nomlay qolaylik " - dedi. Bu fikr hammaga ma'qul tushdi. Va o'zbek shou-biznesida birinchi yoshlarning sevimli gruppasi "BOLALAR" guruhi paydo bo'ldi. O'shanda 1989 yilning kuz oylari edi. "Bolalar" guruhi 1989 yilning kuz oyida Ruslan Sharipov tashabbusi bilan tashkil topgan. Guruhning ilk albomi - "Esingdami seni...
Rasm joylangan maskan Rasm.SB.Uz
"Bolalar" guruhining ilk ofisi "Bolalar shou" firmasida bo'lgan ("Yoshlik" metro bekati yonida). Guruhning ilk a'zolari: Tohir Sodiqov(hozirda guruh yakkahoni), Husan Sodiqov (Tohir Sodiqovni akas, hozirda bastakor), Tofik Marduxaev (Oilasi bilan AQSHga ko'chib ketgan, guruhda 1989 - 2000 yilgacha barabanchi bo'lgan), Bahodir Po'latov (Xozirda xuquqshunos), Toir Odilov (ma'lumot yo'q), Ruslan SHaripov (hozirda yakkaxon honanda, bastakor, 1989 - 1992 yilgacha guruhda badiy rahbar bo'lgan. 2000 yilgacha oranjirovkachi bo'lgan), Nargiza Zokirova (hozirda AQSHning New-York shtatida yashaydi va shtatda yakkahon honanda ), Javohir Zokirov(xozirda Xonanda, prodyuser,aktyor,shou-men,boshlovchi va rejissyor). "Bolalar"ning plastinkasi 1992 yilda chiqarildi. "Bolalar-shou" firmasida. "Bolalar"ning aranjirovkachisi Ruslan Sharipov, qo'shiqlar muallifi Tohir va Husan Sodiqovlar bo'lishgan. "Bolalar" "O'zsport" birlashmasiga qarashli bo'lgan. Guruh a'zolariga maoshni Ruslan Sharipov bo'lib bergan. Har bir konsertdan o'zi va Nargiza Zokirovaga 50 rubldan, Husan Sodiqov va Tofik Marduxaevga 25 rubldan, boshqalarga 15 rubldan taqsimlangan. "Bolalar"ning birinchi muxlislari - Toshkent shahridagi 41-maktab o'quvchilari bo'lishgan. Guruh ilk marotaba 1990 yil 23 fevral kuni "Alpomish" sport saroyi (hozirgi "O'zko'rgazmasavdo" markazi)da katta sahnaga chiqqan. "Bolalar" ilk qo'shiqlarini "PASHEN" (yoki PUSHEN) ovoz yozish studiyasida yozgan.(1989 - 1996 yillar) 1997 - 2003 yilgacha guruh o'z qo'shiqlarini "TARONA RECORDS" ovoz yozish studiyasida yozgan. 2003 - yildan esa guruh o'z qo'shiqlarini "KELAJAK RECORDS" ovoz yozish studiyasida yoza boshladi. "BOLALAR" 1997 - 2005 yilgacha "TARONA RECORDS" ga qarashli bo'lgan. "BOLALAR" 2006 yilga kelib ilk bor "OHANG-MEDIA" bilan shartnoma imzolab o'z albomini pulga sotdi. 1995 - 1996 yillardan boshlab Tohir Sodiqov guruh yakkaxon honandasi sifatida e'tirof etila boshladi. "BOLALAR" 1990 yil 23 fevraldan 2002 yil 8 martgacha o'z konsertlarini "O'zko'rgazmasavdo" markazi(sobiq "Alpomish" sport saroyi)da o'tkazdi.(2000 yilda guruhni 10 yilligi "Istiqlol" (Sobiq "Xalqlar do'stligi") san'at saroyida)
Rasm joylangan maskan Rasm.SB.Uz
2003 va 2004 yillarda "Turkiston" san'at saroyida, 2005 yilda esa guruhni 15 yillik ijodiy kechasiga bag'ishlab "Istiqlol" (Sobiq "Xalqlar do'stligi") san'at saroyida katta konsert dasturini o'tkazdi.(Dastur nomi "KIM O'ZINI YOSH DESA"). Shu kungacha ""BOLALAR" ni barcha konsertlari anshlag tarzda o'tgan. 2006 yilda "O'zko'rgazmasavdo" markazida bitiruvchilarga bag'ishlangan konsert va 2009 yil 21-22 fevral kuni guruhni 20 yilligiga bag'ishlab, "90-YIL AFSONALARI" deb nomlangan konsert dasturi "istiqlol" san'at saroyida bo'lib o'tgan. Dastur mehmoni 90 yil afsonalaridan biri bo'lgan rus estrada yulduzi Yura Shatunov bo'lgan.
Rasm joylangan maskan Rasm.SB.Uz
Bolalar tarkibidagi o'zgarishlar: Ilk tarkib:(1990 yil) Tohir Sodiqov, Bahodir Po'latov, Javohir Zokirov (vokal), Xusan Sodiqov (bastakor), Tofik Marduxaev (baraban),Toir Odilov, Nargiza Zokirova, Ruslan Sharipov(badiiy rahbar). 2003 yil: Tohir Sodiqov (vokal 1989 - yildan buyon), Vagif Zokirov (bek-vokal, klavishli oranjirovka 1993 yildan buyon), Timur Gaynutdinov (Solo gitara 1996 - yildan buyon), Anvar Salohutdinov (Bass gitara 1998 - yildan buyon) , Vladimir Petrogenkov (2001 -2003 yillar, xozirda Rossiya davlatiga ketgan) 2005 yil: Vagif Zokirov (bek-vokal, klavishli oranjirovka), Damir Fatxulin (Baraban), Anvar Salohutdinov (Bass gitara), Xusan Sodiqov (Akustik, ritm gitara), Timur Gaynutdinov (Solo gitara), Tohir Sodiqov (vokal)
Rasm joylangan maskan Rasm.SB.Uz


AVTOBIOGRAFIYA.

TOHIR SODIQOV  -  1973 yil 1 iyulda Toshkent shahar, Sobir Rahimov tumani Langar ko’chasi 12 – uyda tavallud topgan. Eski Jo’vadagi masjid orqasida joylashgan bog’chaga borgan. (bog’cha xotirotlari esida, faqat raqami emas)

Tohir yoshlik

Otasi – Bahromjon Sodiqov Sobirovich – uchuvchi, zahiradagi ofitser edi. Onasi Gulnur Sodiqova Mansurovna – uy bekasi (Xalq Xo’jaligi institutini tamomlagan). Akasi – Xusan Sodiqov – bastakor. Opasi – Fotima Sodiqova.

Tohir Sodiqov Toshkentdagi 41 – o’rta maktabda tahsil olgan. Oliy uquv yurtini tugatmagan, Mutaxassisligi yo’q. Ma’lumoti o’rta. O’z qo’shiqlarini sevib tinglaydi. Sevimli aktyori - Obid Asomov. Uylangan yili va ilk ota bo’lgan sanani sir tutadi. Biroq, ikkala sana ham unga ulkan quvonch olib kelgan. Bahtli sana sifatida yodga oladi. (kaminani sa’yi harakatlari tufayli aniq bo’lgan sana: Tohir Sodiqovni baht to’yi 1995 yilda Toshkent shahar hokimiyati restoranida bo’lgan. Kuyovjo’ra eski “Bolalar” guruhi a’zosi Bahodir Po’latov bo’lgan.) To’yida asosiy honanda “ASR” guruhi yakkaxoni Abdulaziz Karimov bo’lgan. Rafiqasi Shahnoza bilan to’ydan oldin bir yildan ziyod sevishib yurgan. Xozirda 2 qizi va 1 o’gli bor. Qizlari Go’zal(1996), Asal(1998) va o’gli Arslonbek (2005 yil 19 may, payshanba).

      Ustozlari: Ruslan Sharipov, Davron G’oipov va Ziyod Eshonho’jayev.

Yaqin hamkasb do’stlari: Abdulaziz Karimov, Sevara NazarKHAN,Otabek Madrahimov, Rashid Holiqov, Lola, Sayatash  va boshqalar.

Shogirdlari: jiyani Ravshan Sobirov, “Bojalar” guruhi (Jahongir va Mo’min) va Dilmurod.

Tohir Sodiqovni o’zbek “Elvis Presli”si deb atashadi. 2004 yildan buyon o’zbek estradasini “megayulduzi” deya boshlashdi.

Tohir Sodiqov AQSH, Fransiya, Angliya, Turkiya, kabi chet davlatlarda bo’lgan. O’zining shaxsiy “Kelajak RECORDS” ovoz yozish studiyasi mavjud. Studiya 2002 yilning yoz oylarida rasman ochilgan.

Orzusi – Nyu-yorkda yakkaxon konsert berish.

Armoni – Bugungi kunini otasi ko’rmaganligi.

Omadli yili – deyarli har yili.

Omadsiz yili 1993 yil. Shu yili u avtohalokatga uchragan.

Mashinasi – 2004 yilgacha ВАЗ – 2107 Жигули, 2004-2006 yilgacha UzDAEWOO Nexia DOHC, 2006 yildan buyon esa BMW.

Tohir Sodiqov ko’p qavatli binoda istiqomat qiladi. Uyi to’rt xonali komfort.

Kiyinishi – Asosan sport uslubida. Ayrim taqdimotlarga hurmat yuzasidan kostyum - shim kiyadi.

Atiri - Dolce Gabbana, Davidoff  (2004 yil)

Tohir Sodiqovga ko’plab yosh xonandalar yoshlikdan xavas qilib kelishgan., Shular qatorida Yodgor Mirzajonov, Sharof Muqimov, Ulug’bek Rahmatullayev, Samandar va boshqalar.

Shiori: “Yahshi insondan boringni ayama”

Va’dabozlikni yomon ko’radi. Bir so’zli insonlarni hurmat qiladi. Xech bir xonandaga tanqid fikri yo’q. Chunki Tohir Sodiqovni fikricha hamma o’zicha to’g’ri.

“Yahshi qo’shiqqa klipning keragi yo’q. Sevimli qo’shiq klipsiz ham sevimli bo’lib qolaveradi.”

Bosh rolda o’ynagan filmlari “Tohir-Zuhra” (yangicha talqin) (1999 yil “Tohir” rolida), “Ko’zlaring ma’yus” (2004 yil “Sardor” rolida), “Tohir-Zuhra-2” (2009 yil “Tohir rolida). Shular qatorida “Navro’z Fantaziyasi” (2000 yil “Novvoy” rolida), “Yangi yil hazili”(2001 yil) va “Voy-Dod Sumalak” (2005 yil) musiqali teledasturlarda va “Jazo” (2007) filmida epizod rollarni ijro etgan. Xamkasblari Yulduz Usmonova va Ruslan Sharipovni “Nozanin” taronasiga ishlangan klipda oshiq yigit rolida (1998), Abdulaziz Karimov ni “Yonarim” taronasiga ishlangan klipda shofyor rolida namoyon bo’lgan.

Duetdoshlari Dj.Piligrim (1999), Abdulaziz Karimov (2000), “Fayod” guruhi(2000, duetga klip ham olingan), Ruslan Sharipov va Ravshan Sobirov (2001 trio), Lola(2004, duetga klip ham olingan), Milaya (Davron SHANSON 2008), Sayatash(2009 yil 3 tarona).

Kliplari 10 ga yaqin. Shulardan so’nggilari “O’zbek”(2005), “Kechir” (2008)

Asosiy musiqiy yo’nalishi Pop va Rock-N-roll

“Tohir-Zuhra(2000 yil), Ko’zlaring ma’yus”(2004 yil), “Meni yo’lg’iz qldirma” (2004 yil), “Jazo” (2007 yil), “So’nggi muqaddima” (2008 yil) va “Maktub” (2009 yil) filmlariga soundtrack kuylagan.

Tohir Sodiqov shu kungacha minglab sovrinlar egasi. Shular qatorida, “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist”, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonlaridan ta’sis etilgan “Nihol” mukofoti hamda “Tarona” yulduzchalarini kiritish mumkin. Diplom va sertifikatlar soni esa, 500 ga yaqin.

 

     Shuhrat Yusupov Munavvarovich.

 2003 yil dekabr - 2004 yil aprel - 2005 yil avgust - 2009 yil avgust.

Qo’qon shahri.




Облака теги

Реклама

Онлайн видео

Добавить...

Wellcome

Наш опрос

Оцените мой сайт
Всего ответов: 98

Стаистика

Онлайн всего: 2
Гостей: 2
Пользователей: 0

Друзья

Поиск