Xabaringiz bor shu yili 21-22 fevral kunlari muhtasham “Istiqlol”
san’at saroyida Bolalar guruhini 20 yillik yubileyi bo’lib o’tgan edi.
Oradan sal kam 7 oy vaqt o’tdi. Lekin konsert dasturi yozilgan
disklardan esa hamon darak yo’q. Bugungi kunga kelib, guruh
muxlislarini eng ko’p so’raydigan savoli ham aynan shu mavzuda. “90-
yil Afsonalari” nomli Bolalar-Shou konsert dasturi yozilgan disklar
qachon sotuvga chiqadi? Xuddi shu masala bo’yicha anchadan buyon
Tohir Sodiqovga murojaat qilib kelayotgan edik...
Va nihoyat bugun
shu savolga javob oldik. Konsert disklari yaqin orada sotuvga chiqishi
rejalashtirilgan. Lekin ayrim muammolar yuzaga kelgan. Diskni tashqi
ko’rinishi va dastur montajlari bo’yicha. Bu muammolar tez orada
bartaraf etiladi va albatta muxlislar hukmiga xavola etiladi.
Xa aytgancha, firma egalariga Tohir Sodiqovdan ajoyib bir taklif bor.
Disk tashqi ko’rinishida firma reklamasi yoki logotipini joylashtirish
istagida bo’lgan firma egalari biz bilan bog’lanishingizni so’raymiz.
Shoshilig! Siz birinchilardan bo’lasiz, chunki ushbu taklifga
ko’pchilik qiziqishi mumkin!
PS: Biz bilan bo'g'lanish uchun saytdagi Обратная связь sahifasi orqali yoki quyidagi manzillarga murojaat etishingiz mumkin:
TOXIR SODIQOV QACHON 90 YILLAR AFSONASI DISKINI EFIRGA CHIQARADI AXIR ARZIMIYDIGAN HONANDALAR KUNIGA NECHA MARTALAB CHIQADI.YURA SHATUNOV(ЛАСКОВЫЙ МАЙ ВА БОЛАЛАР) JUFTLIGI BU HAMMAGA MANZUR DEB UYLAYMAN.BU HAQIQIY KONCERT.SIZ IJOTDAN TUHTAMANG.