Super yulduzimizdan super yangilik! Ayni kunlarda xonandamiz yangi bir filmga prodyuserlik qilmoqdalar. Film rejissyori Javohir Zokirov. Shuningdek, ushbu filmga GGM Records hamda Kelajak Records studiyalari tomonidan kasting e’lon qilingan. Kastingda 16-18 yoshli o’g’il bolalar qatnashishlari mumkin. Yana bir muhim yangilikni aytib o’tishimiz lozim. Ushbu film Bolalar gurhi hayoti va ijodini 20 yillik faoliyatiga bag’ishlanadi.
26 октября 2009г. в ресторане САЁХАТ состоялась свадьба НОДИРАБЕГИМ АБДУЛАЗИЗОВОЙ, ею написаны множество композиций для исполнителей узбекской эстрады, а также и для группы БОЛАЛАР, одна из песен это БИЛСАНГ ЭДИ"! На свадьбе присутствовали близкие и друзья, а также Шахзода, Уктам Хакимов и Тахир Садыков.
PS: Данные фотографии нам предоставила преданная поклонница Нилюфар
Tohir Sodiqovni bog'bon sifatida tasavvur eta olasmi? Juda ham qiyin to'g'rimi? Lekin san'atkorlar muxlislar uchun har qanday ko'rinishda ekranga chiqishga tayyorligini Tohir akamiz yana bir bor
isbotlab berdilar. Biz sizga taqdim etayotgan klip mazmuni fikrimiz
isbotidir.
Bolalar guruhi ijrosidagi "Gulim" taronasini remiks talqini
barchamizga qadrli taronalardan biri hisoblanadi. Yodingizda bo'lsa
bundan 9 yil muqaddam Tohir Sodiqov "Navro'z Fantaziyasi" musiqali
ko'rsatuvida novvoy roli va "Gulim" taronasi bilan ko'rinish bergan
edilar. Huddi shunga o'hshash bu yilgi "Yulduzlar Sumalagi" dasturida
Tohir Sodiqov yana "Gulim" qo'shig'i bilan chiqish qilgan. Klipni
ko'chirib oling va Tohir Sodiqovni yana bir o'zgacha ko'rinishidan
voqif bo'ling. O'ylaymiz-ki, ushbu klip sizni kolleksiyangizda muhim
o'rin tutadi.
Eng so'nggi xabarlarga qaraganda Tohir Sodiqov muxlislar uchun yangi albomini tuhfa etishga tayyorgarlik ko'ryapti. Albom nomi hozircha sir yoki hali nom qo'yilmagan. Albomni to'ldirish uchun Tohir Sodiqov va Vagif Zokirovlar avval habar berganimizdek tunu-kun studiyada ijod qilishmoqda. Yangi albom taxminan dekabr oyini boshlariga chiqishi kutilmoqda. Dekabr oyigacha hali 2 oy vaqt bor. Demak ozgina kutishimizga to'gri keladi. Ushbu albom haqida yangiliklarni sizlarga yetkazib turishga harakat qilamiz.
Bolalar guruhi muxlis va muxlisalari uchun yana bir sovg'a! Endilikda siz Tohir Sodiqov bilan har doim birga bo'lishingiz mumkin. Tohir Sodiqovdan NOKIA mobil telefonlari uchun ajoyib mavzu!. Ushbu mavzuni NOKIA-6300, NOKIA-6233, NOKIA-6234 va NOKIAning boshqa modellari qabul qiladi. Ushbu sovg'amiz sizlarga ma'qul keladi deb o'ylaymiz. Mavzuni o'z mobil telefoningizga o'rnating va Bolalar guruhi bilan hamnafas bo'ling!
Xabaringiz bor shu yili 21-22 fevral kunlari muhtasham "Istiqlol" san’at saroyida Bolalar guruhini 20 yillik yubileyi bo’lib o’tgan edi. Oradan sal kam 7 oy vaqt o’tdi. Lekin konsert dasturi yozilgan disklardan esa hamon darak yo’q. Bugungi kunga kelib, guruh muxlislarini eng ko’p so’raydigan savoli ham aynan shu mavzuda. “90- yil Afsonalari” nomli Bolalar-Shou konsert dasturi yozilgan disklar qachon sotuvga chiqadi? Xuddi shu masala bo’yicha anchadan buyon Tohir Sodiqovga murojaat qilib kelayotgan edik... Va nihoyat... (Davomini o'qish uchun ichkariga kiring)
Kuni kecha Bolalar guruhi sardori Tohir Sodiqov Simferopol(Sochi) safaridan qaytib keldi. So'nggi ma'lumotlarga qaraganda mega-yulduzimiz Tohir Sodiqov Yaltada bo'lib o'tgan festival mehmoni bo'lib qaytganlar. Sayohat davomida dengiz bo'yida miriqib dam ham olganlar. Aytishadi-ku, "Yaxshi dam - mehnatga hamdam" deb. Sayohat davomida esdalik uchun tushilgan fotosuratlarni ayrimlarini muxlislar hukmiga havola etamiz.