"Bolalar” guruhidan prem’era! O’tmishdan esdalik! Bundan 8 yil muqaddam ya’ni 2001 yilda yaratilgan va o’sha yilni eng hit taronasiga aylangan, shedevr taronalardan biriga aylangan "Nega men sensiz” taronasini Tohir Sodiqov yangi talqinda ijro etdi. Albatta oranjirovka Vagif Zokirovga tegishli. Tohir Sodiqov so’nggi paytlarda eski retrolarni qayta tiklamoqda. "Asragin meni”, "Sovg’a”, "Popurri”, "Nega men sensiz” shular jumlasidandir. Yaqin kunlarda yana bir eski hit taronani yangicha remeyk talqinida tinglashingiz mumkin bo’ladi. Ushbu taronani nomi... (Batafsil ichkarida...)
Super yulduzimizdan super yangilik! Ayni kunlarda xonandamiz yangi bir filmga prodyuserlik qilmoqdalar. Film rejissyori Javohir Zokirov. Shuningdek, ushbu filmga GGM Records hamda Kelajak Records studiyalari tomonidan kasting e’lon qilingan. Kastingda 16-18 yoshli o’g’il bolalar qatnashishlari mumkin. Yana bir muhim yangilikni aytib o’tishimiz lozim. Ushbu film Bolalar gurhi hayoti va ijodini 20 yillik faoliyatiga bag’ishlanadi.