Yaqindagina bitiruvchilar uchun Farg’ona shahrida navbatdagi
"Bolalar-Shou” konsertini o’tkazib qaytgan Tohir Sodiqov muxlislariga
ajoyib sovg’ani hozirladi!
"Bolalar” guruhi yaratgan har bir tarona ko’p yillarga muxlislar
qalbida yashashi hech kimga sir emas. Son emas sifat uchun kurashadigan
Tohir Sodiqovni ijod yo’liga nazar solganimzida bunga amin bo’lamiz.
Bir necha yil avval yaratilgan har bir tarona bugungi kunda ham o’z
mavqeini yo’qotmagan. Shu o’rinda "Bolalar” guruhini zamondan ilgarilab
ketgan deyish mumkin. Nega-ki, guruhning eski shlyager qo’shiqlari
kerak bo’lsa, bugungi kunda yaratilayotgan qo’shiqlar bilan bemalol
bellasha oladi. Lekin, Tohir Sodiqov o’z muxlislariga eski
shlayegerlarni qayta ishlab, remiks tarzida havola etishni xush
ko’radi. So’nggi yillarda qayta ishlangan "Asragin meni”, "Men senga
sovg’a qilaman”, "Popurri” qo’shiqlari fikrimiz isbotidir. Lekin, bu
hammasi emas! Ayni damda sizlarga Tohir Sodiqov bundan 15 yil avval
kuylab o’tgan va o’z o’rnida millionlab muxlislarni "kasal” qilgan
"Nega sen ket deding” shlyager qo’shig’i remiks talqinida havola
etiladi! Marhamat, ushbu tarona sizga muntazir!